Qarorning 2-ilovasida yangi tashkil etiladigan jamoat parklarining aniq joylashuv konturlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Shaharda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik ko‘chmas mulk loyihalaridan tushadigan infratuzilma to‘lovlari va boshqa ajratmalar – yangi parklarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari deb belgilandi.

Qarorga asosan, Toshkent shahrida:

  • yer maydoni 1 gektargacha bo‘lgan kichik va zich qurilishlardan voz kechiladi;
  • umumiy maydoni 1,5 ming gektar bo‘lgan 30 ta yirik turar va noturar joy majmualari quriladi;
  • bu yirik ko‘chmas mulk loyihalariga ajratilgan hududlarning kamida 30 foizi yashil maydonlar bo‘lishi kerak.

Toshkent shahrining 2045 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Mas’ullar ushbu takliflarni 25 fevral kuni davlat rahbariga taqdimot qilgan edi.