Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi
Andijon viloyatida bank tizimida faoliyat yurituvchi yuqori lavozimli mansabdor shaxs katta miqdorda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, respublika banklaridan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mulklarni sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. U xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy manfaat yo‘lida noqonuniy harakatlarni amalga oshirgan.
Aniqlanishicha, mansabdor shaxs Asaka tumanida joylashgan, umumiy bahosi 16,8 mlrd so‘m bo‘lgan xususiy davolash markazining 4 qavatli binosini auksion savdosida sotilmay qolganidan foydalangan. U mazkur mulk narxini 12 mlrd so‘mga tushirib, bank balansiga olish hamda uni mahalliy tadbirkorga auksionsiz, 7 yil muddatga foizsiz kredit asosida olib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga u tadbirkordan 90 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni shu kabi qonunbuzilish holatlari haqida tegishli idoralarga murojaat qilishga chaqirdi. DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berish mumkinligi va shaxs sir saqlanishi kafolatlanishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
08:45 / 23.05.2026
Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
16:34 / 04.05.2026