“O‘zbekistonda elektr energiyasining 90 foizi gaz va ko‘mir yoqish hisobiga olinadi. Bu sanoqli davlatlardagina mavjud yomon ko‘rsatkich” - mutaxassis
O‘zbekistonda “Vodorod energetikasi texnologiyalari ilmiy-amaliy innovatsion markazi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 28 avgust kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va Energetika vazirligi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda ma'lum qilindi. Aytilishicha, markaz respublikadagi ilmiy va oliy ta'lim muassasalari imkoniyatlarini birlashtirish, tadqiqotlar olib borish, horijiy ilg‘or ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilish uchun muhim baza bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirda Energetika vazirligi energiya samaradorligi va resurslarni tejash departamenti direktori Muzaffar Hakimov mamlakatning bugungi kundagi energetika salohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekiston energiya samaradorligi bo‘yicha dunyoda 147 davlat orasida 74-o‘rinda turadi. Respublika iqtisodiyoti tabiiy gazga bog‘lanib qolgan. 90 foiz miqdordagi elektr energiyasi gaz va ko‘mir yoqish hisobiga olinadi. Bu sanoqli davlatlarda bo‘lgan yomon ko‘rsatkich. Vodorod bo‘yicha biznikidek salohiyat boshqa davlatlarda yo‘q. Hamkorlikda shu sohani rivojlantirish zarur. Chunki yaqin 50 yil ichida quvurlar orqali metan gazi emas, vodorod gazini yoqsak kerak. Shunaqa prognozlarimiz bor”,-dedi Muzaffar Hakimov.

Ma'lumotlarga qaraganda markaz materialshunoslik instituti tarkibida tashkil etiladi. «Vodorod energetikasi» ilmiy laboratoriyasi maxsus uskunalar bilan jihozlanadi, vodorod olish, saqlash va foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Markazni tashkil etish uchun boshlang‘ich bosiqichda 8 mlrd so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Muloqotda Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori Odilxo‘ja Parpiyev ham ilmiy mulohazalarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz va ko‘mir yoqishdan ko‘ra vodoroddan foydalanish bir necha baravar ko‘p moliyaviy foyda keltiradi.
“Birinchidan, vodorod ekologik sof. Ikkinchidan, tabiatda ko‘p uchraydi. Uning energetik xususiyatlari biz ishlatayotgan ko‘mir, gaz kabi energiya tashuvchilardan 3-4 baravar ko‘proq. Lekin vodorodni olish jarayoni ancha mushkul. Buning uchun yuqori harorat talab qilinadi. Masalan, vodorodni ajratib olishda asosan ikkita yo‘nalishdan foyladalaniladi. Birinchisi, metan gazidan, ikkinchisi suvdan. Metan gazdan vodorodni ajratib olish uchun 1200 darajadan yuqori harorat kerak. Suvdan ajratish uchun esa 1600. Ya'ni bunday yuqori haroratga erishish uchun yana gaz yoqish kerak, ko‘mir, elektr yoqish kerak. Natijada 1 birlik vodorod olish uchun 4 birlik energiya sarflanyapti. Bu juda qimmat bo‘lib ketadi. Shu bois, biz yangi texnologiyamizni taklif qilyapmiz. Mazkur jarayonda quyosh nurini mujassamlashtirgan holda aynan shunday haroratga erisha olamiz”,-dedi Odilxo‘ja Parpiyev.

Hozirgi vaqtda quyosh va shamol manbalarining mamlakat energetikasidagi ulushi 0,001 foizga teng. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni 13,8 foizga yetkazish rejalashtirilyapti.
Xalqaro ekspertlarning tahlillariga ko‘ra, 2050 yilga borib dunyoda vodorod energetikasining ulushi 18, 2100 yilda esa 40 foizdan ortiqroqni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
-
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Jamiyat | 11:56
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

13:22 / 09.01.2025
Energetika vazirligida elektr quvvatlantirish stansiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

19:23 / 24.12.2024