Jahon | 14:51 / 01.03.2017
4963
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada milliy partiyadan deputatlikka qora tanli muhojir-ruhoniy nomzodi ilgari surildi

Internet foydalanuvchilari Finlyandiyadagi mahalliy deputatlar uchun nomzodlar orasida – Vaasa shahrilik qora tanli ruhoniy borligini aniqlashdi. Yoao Bruno Putulukesho “Asl finlar” partiyasidan nomzod bo‘lib, atrof-muhit, xorijiy talabalar manfaatini himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Putulukesho – “Muhabbat – bu g‘alaba quroli” iborasini o‘ziga shior qilib oldi.

“Asl finlar” konservativ partiyasi Finlyandiyada mashhurlik darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi siyosiy kuch sanaladi. 2015 yilda undan bo‘lgan nomzodlar parlament saylovlarida seymdagi 17 foizni qo‘lga kiritishdi, bundan bir yil avval esa Finlyandiyaga Yevroparlamentda ajratilgan 13 o‘rindan 2tasiga ega chiqishgan. 2011 yilda The Guardian nashri “Asl finlarni” “populistik millatchilik” vakillari deb atagandi.

“Asl finlar” saytida taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, ruhoniy Yoao Bruno Putulukesho uylangan bo‘lib, ikki farzandi bor hamda besh tilda bemalol gaplasha oladi. U saylovlarda bosh maqsadi “Asl finlar” – muhojirlarning dushmani emas” ekanligini isbotlashdan iboratligini belgiladi. 

Putulukeshoning Feysbuk’dagi sahifasida ko‘rsatilishicha, 2014 yilda u talabalarni xorijiy OTMda tahsil olishga tayyorlash bo‘yicha Angoladagi dasturda qatnashgan, keyinchalik esa Vaasa aniq fanlar Universitetiga o‘qishga qabul qilingan hamda mototsikllarga ehtiyot qismlari sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyada ishlagan.

Ma'lumot uchun, Finlyandiyada mahalliy saylovlar 2017 yilning 9 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid