Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
Hududlar kesimida Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrashishlar soni ko‘pligi kuzatilmoqda.
2025 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etdi. Bu 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tahlillariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich xalqaro miqyosda past bo‘lib, O‘zbekistondagi ajrimlar darajasi ko‘plab boshqa davlatlarga nisbatan «ancha kam ekanini» ko‘rsatadi.
Xususan, nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarboyjonda – 431,9, Qozog‘istonda – 328,2, Qirg‘izistonda esa – 289,6 promilleni tashkil etadi.
“Tahlillardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha past bo‘lib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini ko‘rsatadi”, deyiladi xulosada.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida esa ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
15:20 / 03.02.2026
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar uchun individual reja ishlab chiqiladi
14:44 / 03.02.2026
Kambag‘allik chegarasidagi oilalar alohida toifaga ajratiladi
10:21 / 30.01.2026