Nizomga muvofiq, oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgandan söng 3 iş kuni içida oila yaşaydigan mahallaga biriktirilgan hokim yordamçisi “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali, ijtimoiy xodim esa axborot moduli orqali individual rejani işlab çiqadi.
Individual reja oilaning imkoniyatlari, könikmalari, qiziqişlari va fikri, yaşaş şaroiti, şuningdek, reyestrga kiritiş töğrisidagi arizada körsatilgan xizmatlarga bölgan ehtiyojlar inobatga olingan holda şakllantiriladi. Rejada oilaga taqdim etiladigan xizmatlar, ularni taqdim etiş tartibi va muddati, şuningdek, mas’ul davlat organlari körsatiladi.
Xizmatlar şakllantirilgandan söng individual reja oilaning muomalaga layoqatli a’zosiga taniştiriladi. Keyin esa “mahalla yettiligi” tomonidan 2 iş kunida körib çiqilib, oddiy köpçilik ovozi asosida rejani tasdiqlaş yoki qayta körib çiqiş uçun qaytariş haqida qaror qabul qilinadi.
Individual rejalarning ijrosi hokim yordamçisi va ijtimoiy xodim tomonidan har 3 oyda kamida 1 marta örganib boriladi.












