Nizomda oilalarni ijtimoiy reyestrga kiritiş, toifalaş va reyestrdan çiqariş tartibi aniq belgilab berilgan. Reyestrga kiritiladigan oilalar “davlat ta’minotidagi oila”, “kambağal oila” hamda “kambağallik çegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.
Oilaning toifasi uning ijtimoiy-iqtisodiy holati va har bir a’zoga töğri keladigan örtaça oylik daromadidan kelib çiqib belgilanadi. Bunda oxirgi 3 oy davomidagi barça oila a’zolarining jami daromadi oila tarkibiga kiritiladigan a’zolar soniga va 3 ga böliş orqali hisoblab çiqiladi.
Şuningdek, reyestrga kiritilgan oilalar belgilangan muddatlarda qayta baholanadi: “davlat ta’minotidagi oila” har 12 oyda, “kambağal oila” esa har 6 oyda savolnoma qayta töldirişi lozim.
Mazkur tartib aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlaş, manzilli ijtimoiy yordamni ta’minlaş va kambağallikni qisqartirişga qaratilgan.












