Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi ish boshladi
Xalq ta'limi vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, hamyurtlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan ko‘rib chiqish, qolaversa, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi (www.uzedu.uz) ishga tushirildi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunda fuqarolar Xalq ta'limi vazirligiga:
- Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi;
- “Ishonch telefoni” 10-06;
- [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilish va qisqa muddat ichida o‘z savollariga javob olish imkoniyatiga egalar.
Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar amaldagi qonun talablari asosida qabul qilinib, o‘rnatilgan tartibda va qonun bilan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari doimiy nazoratga olinib, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olingan holda, ularning har biriga asosli javoblar qaytarilmoqda.
Mavzuga oid
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025