Jamiyat | 14:53 / 12.06.2018
40043
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada 9 yoshli bola mashina ichida yonib ketdi

Illyustrativ foto/moiklin.ru

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida fojia yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Beshariq tumanida yashovchi nafaqaxo‘r N.R. “VAZ-2102” rusumli avtomashinada O‘zbekiston tumani Begobod qishlog‘ida joylashgan “Ergashali ustoz Murodov” fermer xo‘jaligiga o‘rik mahsulotini terib olish uchun borib, bog‘ ichiga kirib ketib, birga olib kelgan 9 yoshli nabirasi M.A.ni  nazoratsiz qoldirishi oqibatida, u avtomashina salonida bo‘lgan 5 litrlik yelim idishdagi benzin yoqilg‘isini to‘kib, gugurt bilan yoqib yuborgan. 

Natijada avtomashina salonida yong‘in sodir bo‘lib, M.A. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan. 

Yong‘in shu yerda bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid