Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutaxassis koronavirus keltirib chiqaradigan pnevmoniya atipik pnevmoniyadan qanday farqlanishi haqida ma'lumot berdi
Atipik pnevmoniya 2013 yilda qayd etilgan bo‘lib, bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi MERS virusi bo‘lgan. Ushbu kasallik o‘sha yillarda nazoratga olingan.
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirus keltirib chiqaradigan pnevmoniya avval ma'lum bo‘lgan atipik pnevmoniyadan nimasi bilan farqlanishi haqidagi savolga javob berdi.
«Atipik pnevmoniya va koronavirus infeksiyasi keltirib chiqaradigan pnevmoniyaning farqi shundaki, ikkinchi holatda pnevmoniya juda tez rivojlanadi va unda immunstress holat kuzatiladi. Shuningdek, koronavirus immun tizimiga ta'sir ko‘rsatadi va tsitokinlar «bo‘roni» yuzaga keladi. Bu esa o‘z navbatida fibrotik o‘zgarishlar bilan pnevmoniyani rivojlantirib yuboradi. Koronavirus pnevmoniyasida yo‘tal quruq bo‘ladi. Virusli pnevmoniyani tashxislashning eng optimal usuli — MSKT tekshiruvi hisoblanadi», dedi shtab a'zosi.
Mutaxassis bugungi kunda havo tomchi orqali yuquvchi har qanday kasallik xavfli ekanini aytib o‘tgan.
«Aslida ikki tomonlama pnevmoniya kelib chiqishida virus, bakteriyalar yoki zamburug‘lar sababchi bo‘ladi. Virus, bakteriya yoki zamburug‘lar keltirib chiqaradigan ikki tomonlama pnevmoniya kasalligi shu keltirib chiqaruvchi infeksiya yuqish yo‘llariga qarab yuqumli hisoblanadi.
Bugungi kunda virus kasalliklari dolzarb bo‘lib qolgani bois, biz havo tomchi orqali yuquvchi kasalliklardan ko‘proq xavotirlanishni boshladik.
Aslida bakteriyalar, zamburug‘lar va oddiy hujayrali parazitlar ham o‘z o‘rnida yuqumli hisoblanadi. Ularning yuqish yo‘li havo tomchi orqali bo‘lmasligi mumkin, lekin organizmga tushgan bunday infeksiya turlari pnevmoniya kabi o‘tkir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Yoki parazitlar inson organizmi immun tizimi pasayishini kutib yotadi. Immun tizimi pasaysa, bu infeksiya joylashgan a'zosini jarohatlab kasallik chaqiradi.
Shu bois, biz doimiy ravishda infeksiyalardan o‘zimizni himoya qilishimiz, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz, sog‘lom turmush tarzini yuritgan holda to‘g‘ri va muqobil ovqatlanishimiz, yengil jismoniy faollikni doim bajarib yurishimiz zarur», dedi Sevara Ubaydullayeva.
Mavzuga oid
11:56 / 17.07.2022
Yoz jaziramasida oftob urishidan qanday saqlanish kerak? Mutaxassis tavsiyalari
08:43 / 07.09.2021
«O‘zbekistonda vaksina tufayli birorta o‘lim holati kuzatilmadi» - Sevara Ubaydullayeva
08:59 / 24.06.2021
«Koronavirusdan keyin hosil bo‘ladigan himoya hammada har xil muddat saqlanadi» - shtab a'zosi
14:55 / 23.06.2021