Quyoş nuri inson salomatligi uçun juda foydali. Ayniqsa, infraqizil nurlar tanada qon aylanişini yaxşilab, organizmdagi barça hayotiy jarayonlarni faollaştiradi. Biroq quyoşdan keladigan issiqlik har doim ham inson tanasiga foydali ta’sir etavermaydi. Xususan, yozning jazirama kunlarida oftob urişidan ehtiyot böliş lozim.
Xöş, buning uçun nima qiliş kerak?
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayevaga ayni şu savol bilan murojaat qildi.
— Ma’lumki, yurtimiz iqlimi keskin kontinental bölib, yozi issiq, qişi esa öta sovuq, — deydi mutaxassis. — Qolaversa, quruq havo va namlikning minimal darajasi ham ölkamizga xos ekani bilan ahamiyatli.
Biroq sönggi yillarda mamlakatimizda yoz faslida kuzatilayotgan anomal issiq havo köproq iqlim özgarişi bilan boğliq.
Albatta, bunday jazirama keksalar, surunkali kasalliklar (yurak-qon tomir, endokrin, nafas oliş a’zolari, metobolik va ruhiy xastaliklar) bilan oğriydigan bemorlar uçun xavfli. Şu sababli bunday paytda bir neça tavsiyalarga amal qiliş lozim.
Eng avvalo, köçaga çiqayotganda oçiq rangli tabiiy matolardan tikilgan yengil libos kiyiş, issiqdan saqlaydigan boş kiyim, közoynak va soyabonlardan foydalaniş maqsadga muvofiq.
Şuningdek, imkon qadar yoğli, dudlangan taomlarni iste’mol qilmaslik, tez buziladigan ovqatlardan ehtiyot böliş kerak.
Tanada suv balansini uşlab turiş uçun kuniga örtaça 2-3 litr suyuqlik (sovitilgan kök çoy, gazsiz mineral suv, mevali, kam yoğli sutli içimliklar, quritilgan mevalarning qaynatmalari) içiş tavsiya etiladi.
Gazlangan, energetik va alkogol içimliklar, qahva iste’mol qiliş mumkin emas.
Kun davomida iliq duş qabul qiliş, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan daströmol bilan artib turiş ham tanani haddan ziyod qizib ketişdan saqlaydi.
Qolaversa, jazirama payti imkon qadar töğridan töğri quyoş nuri tuşadigan joyda jismoniy mehnat bilan şuğullanmaslik tavsiya etiladi. Agar şunday bölgan taqdirda quyoşdan himoyalaniş uçun boş kiyim kiyiş, ora-ora salqin joyda dam oliş maqsadga muvofiq. Bu esa tanani haddan ziyod qizib ketişdan saqlaydi.









