Xususan, savollardan biri quyidagiça köriniş oldi:
«Ötgan yili kuzda COVID bilan kasallanib, soğaygandik. Yaqinda qizim şamolladi, hid va ta'm bilmayapti. PZR-test musbat çiqdi. Tuzalgan odamlarda antitanaçalar bir yilgaça himoya qiladi deyişgandi. Endi nima qilamiz?»
Sevara Ubaydullayevaning sözlariga köra, bugungi kunda koronavirus infeksiyasidan keyin hosil böladigan himoya immun hujayralari, ya'ni immunoglobulin-G barçada har xil muddat saqlanişi qayta-qayta ta'kidlanmoqda.
«Bu inson organizmining turli xususiyatlari — kasallikni qay darajada ötkazgani, olingan davo muolajalari ta'siri hisobidan kelib çiqib, 3, 6, uzoği 9 oygaça himoya qilmoqda. Şundan keyin bu hujayralarning titri tuşib, himoya qobiliyati yöqolib ketmoqda.
Bu degani — insonning koronavirusdan himoyasi yöq, degani. Qizingiz kuzda kasallangan ekan, oradan 9 oy ötibdi, demak farzandingizda himoya hujayralari titri tuşgan, şu bois qayta kasallangan.
Sizning taktikangiz:
- qizni alohidalang;
- oilangiz a'zolari niqob taqişi va ijtimoiy masofa saqlaşga rioya qilişi kerak;
- oila a'zolari qöllarni tez-tez sovun bilan yuvişi, tomoqlarni va burunlarni tez-tez çayib turişi kerak;
- xonalarni tez-tez şamollatib turing, konditsioner bor xonadan qizingizni uzoqlating va imkon qadar oila a'zolari ham konditsionerli xonada köp bölişmasin;
- oilaviy şifokoringizni uyga çaqiring, uni qizingizdagi koronavirus alomatlari haqida ogohlantiring;
- şifokor bolaning salomatligini töliq örganadi, davo çoralari tavsiya qiladi, bepul «boks» — dori qutisini taqdim etadi va qanday dorilarni qançadan içiş kerakligini, gigiyena va karantin qoidalarini tuşuntiradi, ovqatlaniş va jismoniy faollik hamda nafas maşqlari töğrisida ham ma'lumot beradi;
- oila a'zolarining barçasi bemor bilan kontaktda bölganlar toifasiga kiritilib, 7-10 kun nazoratda böliş talab etiladi», dedi ştab a'zosi.


















