O‘zbekiston | 12:38 / 04.03.2019
12943
2 daqiqa o‘qiladi

2019/2020 o‘quv yilidan psixologiya ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar davlat granti asosida maqsadli qabul qilinishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Respublikada psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash va psixologik xizmat tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

xorijiy tajribadan kelib chiqib, oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga ijtimoiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi, psixologik xizmat faoliyatini boshqarish, oilaviy konsultatsiya va kouching kabi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish;

respublikaning chekka hududlarida amaliyotchi psixologlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;

oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish;

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalarida psixologiya ta'lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalarida malakaviy amaliyot davomiyligini 8 haftadan 15 haftaga oshirish;

psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash rejasini tasdiqlaydi va ijrosini ta'minlash chorasini ko‘radi.

Mavzuga oid