Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish taklif qilinmoqda
Qonun loyihasida aytilishicha, ish beruvchi haftasiga 32 soatdan ortiq har qanday mehnat uchun ish vaqtidan tashqari mehnat sifatida haq to‘laydi.
Foto: emetrius Freeman / Bloomberg via Getty Images
AQSh vakillar palatasi a'zosi Mark Takano kongressdagi 100dan ortiq kishidan iborat «Progressiv guruh» uning haftalik ish vaqtini 40 soatdan 32 soatga qisqartirish to‘g‘risidagi tashabbusini rasman qo‘llab-quvvatlaganini ma'lum qildi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda.
Qonun loyihasi doirasida 40 soatlik ish haftasi butunlay bekor qilinmaydi, ammo ish beruvchi haftasiga 32 soatdan ortiq har qanday mehnat uchun ish vaqtidan tashqari mehnat sifatida haq to‘laydi.
«Millionlab odamlarni masofadan ishlashga majbur qilgan ikki yillik pandemiyadan so‘ng odatdagi hayotga qayta olmaymiz, chunki «odatiy ish» deyilgan narsa aslida ish bermayapti», — dedi Takano.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarida haftalik ish vaqti qisqartirilgandi.
Ma'lumot berilishicha, endilikda BAAda shanba va yakshanba hamda juma ish kunining yarmi dam olish kunlari bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
21:35 / 17.01.2026
AQShda rekord darajada ko‘p migrant ushlandi
20:58 / 17.01.2026