Birlaşgan Arab Amirliklarida endilikda juma emas, şanba va yakşanba dam oliş kunlari böladi. Bu haqda WAM agentligi xabar berdi.
“Haftadagi dam oliş kunlari yarim kunga uzaytiriladi, şanba va yakşanba hamda juma iş kunining yarmi dam oliş kunlari böladi. Juma kuni rasmiy iş vaqti 4,5 soat - 7.30 dan 12.00 gaça deb belgilandi”, – deyiladi xabarda.
Şuningdek, juma namozi barça masjidlarda bir vaqtda ado etiladi va soat 13.15 da boşlanadi. Şu bilan birga, davlat muassasalari xodimlari juma kunlari masofadan işlaşlari mumkin.
“Dam oliş kunlarining uzaytirilişi BAA hukumatining iş va şaxsiy hayot orasidagi muvozanatni yaxşilaş hamda ijtimoiy farovonlikni oşirişga qaratilgan sa'y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Bu şu bilan birga, BAAning iqtisodiy raqobatbardoşligini oşiriş borasidagi samaradorlikni yuksaltiradi”, – deyiladi hukumat izohida.

















