Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning «aybini tan oldi» va sportchilarga Olimpiadada ishtirok etishga «ruxsat berdi»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat Pyongchangdagi Qishki Olimpiadada neytral maqomda ishtirok etishni istagan rossiyalik sportchilarning tanloviga aralashmasligiga va'da berdi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi.
«Biz shubhasiz hech qanday blokada e'lon qilmaymiz, olimpiyachilarimizning o‘yinlarda ishtirok etishiga hech qanday qarshilik qilmaymiz, kim istasa alohida holda ishtirok etishi mumkin», degan Rossiya prezidenti.
Putin shuningdek ko‘plab sportchilar «bu turnirda ishtirok etish uchun butun hayoti davomida intilishi» haqida eslatib o‘tgan, shu tufayli hukumat «hech kimga hech qanday taqiq qo‘ymasligi, hech qanday to‘siq bo‘lmasligi» haqida gapirgan.
Shu bilan birga prezident Rossiya o‘z sportchilari Olimpiadadan chetlatilishida «qisman aybdorligi»ni tan olgan.
«Bunga imkon qoldirildi. Ular esa bundan «nohaqlik bilan foydalanishdi», degan Rossiya prezidenti.
«Avvalgi olimpiadalar xususida aytadigan bo‘lsam, masalan Sochi Olimpiadasi: men hech qachon hech kimga, Sport vazirligiga ham, boshqa tashkilotlarga ham, federatsiyalarga ham Olimpiadada g‘olib chiqish vazifasini bermaganman. Hech qanday topshiriq bo‘lmagan!» – deya qo‘shimcha qilgan u.
Bundan oldinroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «bironta chechenistonlik sportchi Olimpiadada neytral bayroq ostida qatnashmasligi» haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:15
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026