O‘zbekiston | 19:31 / 23.02.2026
11763
1 daqiqa o‘qiladi

Behzod Normatov Prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi

U muqaddam energetika vaziri o‘rinbosari va «O‘ztransgaz» raisi lavozimlarida ishlagan.

Foto: Kun.uz

Behzod Rahmatullayevich Normatov Prezident administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi shu’ba mudiri lavozimiga tayinlandi.

Behzod Normatov muqaddam «Andijonneft» AJ boshqaruvi raisi bo‘lgan, 2019 yil dekabrida Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan, 2020 yil aprelida energetika vaziriga o‘rinbosar bo‘lgandi.

U 2021–2023 yillarda «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisi lavozimida ham ishlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid