Jamiyat | 21:39 / 30.03.2021
2400
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyat hokimi: Uchqo‘rg‘on-Kensay va Nanay-Kerben chegara bojxona postlari qayta ochiladi

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati gubernatori boshchiligida Namanganga tashrif buyurgan delegatsiyani rasmiy qabul qilish marosimida Namangan orqali ikkita yangi o‘tkazish punkti ochilishini aytib o‘tdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilga mo‘ljallangan ikki viloyat o‘rtasidagi «Yo‘l xaritasi»ga ko‘ra, qiymati 22 mln dollar bo‘lgan yirik loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, qiymati 132 mln dollarga teng 35 ta savdo shartnomasi ijrosini ta'minlash maqsad qilingan.

Bundan tashqari, viloyatlar o‘rtasida yangi chegara o‘tkazish punktlari ochish ham rejalashtirilgan.

«Ikki taraflama aloqalarni yaxshilash maqsadida Uchqo‘rg‘on—Kensay hamda Nanay—Kerben chegara bojxona postlarini qayta tiklash hamda Kosonsoy—Baymoq o‘tish punkti orqali transport harakatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur ishlar boshlab yuborilgan», — dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.

Mavzuga oid