Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi
Andijon xalqaro aeroporti direktori lavozimini egallab turgan Saydullo To‘xtasinov Samarqand xalqaro aeroportiga direktor etib tayinlangan. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 6 iyul kuni Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva rahbarligidagi kompaniya boshqaruv kengashining sayyor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda Samarqand xalqaro aeroporti direktori Murodjon Jamolov ishdan bo‘shatilgan va uning o‘rniga Andijon xalqaro aeroporti direktori lavozimini egallab turgan Saydullo To‘xtasinov direktor etib tayinlangan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Samarqand aeroportini 2022 yil mayida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga xizmat ko‘rsatishga tayyorlash masalasi muhokama qilingan.
«Samarqand aeroporti to‘liq yangilanmoqda. ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bugun biz yangi direktor tayinladik, bundan keyin biz jamoamizni yirik sammitlar paytida aeroportda xizmat ko‘rsatish tajribasiga ega xorijiy mutaxassislar bilan kuchaytiramiz», – degan Ra’no Jo‘rayeva.
Shuningdek, Uzbekistan Airports rahbari yaqin kelajakda Air Marakanda bilan davlat-xususiy sheriklik shartnomasi imzolanishini e’lon qilgan.
Mavzuga oid
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
13:24 / 26.03.2026
Yangilangan Imom Buxoriy majmuasidan reportaj
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
08:57 / 19.03.2026