Keyingi yillarda Özbekistonda xalqaro turizm izçil sur'atlarda rivojlanib bormoqda. 2020 yilda BMT qoşidagi Butunjahon turizm taşkiloti turizm rivojlanişi sur'ati böyiça Özbekiston dunyoda törtinçi örinni egallab turganini ma'lum qildi. Ayrim manbalarda 2017 yildan 2018 yilgaça bölgan bir yillik davrda Özbekistonga xalqaro taşriflar soni 2,8 milliontadan 6,4 milliontagaça köpaygani holda 2,3 barobarga ösgani e'tirof etilgan.
E'tirof etiş joizki, Samarqandga keluvçilarning aksariyati Qadimiy Ipak yölidagi uşbu qadimiy va fayzli şaharda joylaşgan tarixiy va madaniy yodgorliklarni tomoşa qiliş istagida bölgan sayyohlardir. Samarqandda bölgan har bir inson qadim faylasuflari va şoirlarining uşbu kentga «Şarq musulmon olamining bebaho durdonasi», deya ta'rif berişgani sababini anglab yetgandek böladi. Samarqand sayyohlar uçun alohida jozibadorlikka egaligidan taşqari mamlakat poytaxti Toşkentni yana ikkita tarixiy şaharlar hisoblanmiş Xiva va Buxoro bilan boğlovçi transport tuguni sifatida ham ahamiyatlidir. Şuningdek, kelasi yilda Şanhay hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammitiga aynan Samarqand mezbonlik qilişi kutilmoqda va şu sababli şaharga taşrif buyuruvçilar soni yanada köpayişi aniq.
Ötgan asrning 1967 yilida qurilgan Samarqand aeroportining eski binosi zamonaviy xalqaro standartlarga javob berolmay qolgani bois va şaharga taşrif buyuruvçilar soni tobora ortib borayotgan bir şaroitda ularga munosib xizmat körsatilişini ta'minlaş uçun 2018 yilning noyabrda oyida Samarqand xalqaro aeroportini qaytadan planlaştiriş töğrisida qaror qabul qilingan edi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil iyul oyidagi taşrifidan söng uşbu loyiha kölami yanada kengaytirildi. Tabiiyki, Samarqandda zamonaviy sayyohlik markazini, jumladan, yangi aeroportni, mehmonxonalar, konferens-zallar, mavzuli xiyobonlar va boşqa köngiloçar maskanlarni öz içiga olgan sayyohlik markazini yaratiş ehtiyoji yuzaga keldi.

Aeroport rekonstruksiyasi xalqaro terminalni modernizatsiyalaş, yana bir zamonaviy terminalni, yangi uçiş-qöniş yölakçasini bunyod etiş hamda radiolokatsiya tizimlarini yangilaşni öz içiga oladi. Loyihada, şuningdek samolyotlar uçun 24 ta qönoq joyi va 700 örinli yengil avtomobillar töxtaş joyi qurilişi nazarda tutilgan. Bugungi kunga kelib umumiy iş hajmining 80 foizi bajarib bölindi. Endilikda aeroportning ötkazuvçanlik qobiliyatini soatiga 350 tadan 1000 tagaça oşiriş hisobiga kutilayotgan yölovçilar oqimini yiliga 460 000 tadan 2 milliontagaça, doimiy tartibdagi reyslar sonini esa haftasiga 40 tadan 120 tagaça yetkaziş imkoniyati ta'minlanadi.
Şu örinda Enter Engineering zimmasidagi barça işlar koronavirus bilan boğliq pandemiya şaroitida amalga oşirilganini alohida ta'kidlaş lozim. Bu jarayonda xodimlarimiz va işçilarimizning xavfsizligi va xotirjamligini ta'minlaş, virus tarqalişiga yöl qöymaslik asosiy vazifalardan biriga aylandi. Biz şu maqsadda barça xodimlarimizning virus xavfi va undan saqlaniş vositalaridan xabardor bölişlari uçun bir neçta samarali çoralarni qölladik. Şaxsiy himoya vositalaridan qat'iy tarzda foydalaniş, xodimlarning tana haroratini doimiy ravişda ölçaş, gigiyenik va dezinfeksiyalaş vositalarini ommaviy tarzda qöllaş, xavf doirasidagi xodimlarni karatin tartibida kuzatuvga oliş va ularga malakali tibbiy xizmat körsatilişini ta'minlaş kabi çoralar öz samarasini berdi. Jarayon davomidagi ayrim muqarrar sekinlaşiş holatlariga qaramasdan biz umumiy iş grafigidan çetga çiqmagan holda işlaşga erişdik va uşbu loyihani joriy yil sentyabr oyida yakunlaşni maqsad qilganmiz.


















