Samarqand şahrida qurilayotgan xalqaro aeroport terminalining loyihasi ğoyasi XIV asrdagi Movarounnahr buyuk hukmdori, şoir, astronom va matematik Mirzo Uluğbekning ilmiy asarlariga borib taqaladi.
«Ziji jadidi Kuragoniy» Uluğbekning asosiy ilmiy asari sifatida tan olingan, asarda astronomiyaning nazariy asoslari va 1000 dan ortiq yulduzning koordinatalari aks ettirilgan. Şunga muvofiq aeroport terminali yulduzlar turkumi aks ettirilgan oçiq kitob körinişiga ega va şu yöl bilan Mirzo Uluğbekning ilmiy asarlari tasvirlangan.

«Biz Samarqandni turistik xabga aylantirmoqçimiz. Buning uçun avvalo aeroport talab darajasida bölişi kerak. Şuning uçun ham Samarqand aeroporti yangi loyihasi biz uçun juda muhim», - dedi viloyat hokimi örinbosari Botir Nurullayev.
Xalqaro talablar
«AIR MARAKANDA» kompaniyasi Myunxen xalqaro aeroporti (Germaniya) va Istanbul xalqaro aeroporti (Turkiya) mutaxassislari bilan hamkorlikda Özbekiston uçun noyob bölgan ORAT (Operational Readiness, Activation and Transition) – ekspluatatsion tayyorgarlik, işga tuşiriş va operatsion faoliyatni yangi infratuzilmaga ötkaziş metodologiyasi dasturini amalga oşiriş ustida iş olib bormoqda. Uşbu dastur aeroportni işga tuşirişda katta miqdordagi turli xil texnologik va biznes jarayonlarining murakkab tarmoqlarini tizimlaştiriş va sinxronlaştiriş imkonini beradi.

Yirik sayyohlik xabi
Lufthansa, KPMG va Freshfields Bruckhaus Deringer kabi kompaniyalar tomonidan yangi aeroport faoliyatini boşqarişning moliyaviy va huquqiy jihatlari körib çiqilmoqda. Myunxen va Istanbul aeroportlari ekspertlari va mutaxassislarining fikriga köra, uşbu tizim aeroportlarni boşqariş sohasida ilğor texnologiyalarni joriy etişni ta'minlaydi, aviakompaniyalar, yölovçilar va respublika aholisining ehtiyojlariga xizmat qiladi, şuningdek, «Samarqand» xalqaro aeroportini yirik transport va sayyohlik xabiga aylantiradi.

E'tiborli tomoni, aeroport qurilişiga 80 million dollar miqdorida xususiy investitsiya jalb qilingan. Yangi terminalni qurişga 500 dan ortiq mutaxassis jalb qilingan. Işçilar soni — 567 kişi, muhandis va texnik xodimlar soni — 25 kişi, şundan mahalliy aholi vakillari — 561 kişi, çet ellik mutaxassislar soni — 6 kişi.
















