O‘zbekiston | 18:18 / 03.07.2018
11820
2 daqiqa o‘qiladi

Xiva shahridagi «Dishan qal'a» madaniy meros obektlari ijaraga berilmoqda

Do‘st Alam madrasasi/ Foto: meros.uz

Xiva shahri markaziy qismining «Dishan qal'a» hududida joylashgan madaniy meros obektlarini  tadbirkorlik sub'yektlariga investitsiya kiritish sharti bilan ijaraga berilishi ma'lum qilinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, davlatga tegishli madaniy meros obektlarini ijaraga berish Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi 53-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Moddiy- madaniy meros obektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi.

Ayni paytda Xorazm viloyati madaniy meros obektlarini muhofaza kilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi balansida bo‘lgan 11ta obekt ijaraga berilishi mumkin.

Ular orasida Olloqulixon karvonsaroyi, Do‘st Alam madrasasi, Polvon qori madrasasi va minorasi ham mavjud. Barcha obektlarning texnik holati ta'mirtalab bo‘lib, eng kamida 170 million so‘m sarmoya kiritilishi lozim.

Mavzuga oid