Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNeSKO jurnalistlarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar chidab bo‘lmas darajada jazosiz qolayotgani haqida bayonot berdi
Har yili 2 noyabrda nishonlanadigan, Jurnalistlarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarning jazosiz qolishiga qarshi kurashish xalqaro kuni arafasida YuNeSKO jahonda jurnalistlarga qarshi jinoyatlar chidab bo‘lmas darajada jazosiz qolayotganligi haqida xabar tarqatgan.
«Jurnalistlarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar jazosiz qolayotganiga aslo chidab bo‘lmaydi: o‘nta ishdan faqatgina bittasi sudgacha yetib bormoqda», — deb yozilgan kommyunikeda. Unda qayd etilishicha, 2006–2017 yillarda jahon bo‘ylab mingdan ortiq jurnalist o‘ldirilgan.
Bayonotga ko‘ra, «Jurnalistlarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarning jazosiz qolishiga qarshi kurashish xalqaro kuni jurnalistlarga ular tomonidan xizmat vazifasini bajarish chog‘ida ularning xavfsizligini ta'minlashga, shuningdek, qurbonlari hamon ko‘pincha OAV xodimlari bo‘layotgan jinoyatlarning jazosiz qolib ketishiga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlar natijalarini baholash imkonini beradi.
YuNeSKO bosh direktori Odri Azulening bayonotda keltirilgan so‘zlariga ko‘ra, «jazosiz qolishga qarshi kurash — fikrni ifodalash erkinligi, matbuot erkinligi va axborot olish huquqi taqdim etilishini ta'minlash yo‘lidagi sa'y-harakatlarning ajralmas qismi bo‘lib qoladi».
«Bizgacha axborotni yetkazish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan jurnalistlarning xavfsizligini ta'minlash — bizning nafaqat to‘g‘ridan to‘g‘ri majburiyatimiz, shuningdek, bu demokratiya da'vati hamdir», — deya ta'kidlagan Azule xonim.
Mavzuga oid
12:42 / 02.01.2026
IFJ: 2025 yilda butun dunyo bo‘ylab 128 jurnalist halok bo‘ldi
21:15 / 11.12.2025
Sumalak tayyorlash YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
17:45 / 10.12.2025