Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva qo‘biz va o‘tovning YuNeSKO madaniy meros ro‘yxatiga kiritilganini olqishladi
Ushbu xalqaro miqyosdagi e’tirof an’analarimizning naqadar teranligi, ma’naviy merosimizning qudrati va avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tasdiqlaydi, deb yozdi u.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonning ikkita madaniy qadriyati – qo‘biz va o‘tovning YuNeSKO Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilganini olqishladi.
«Bugun biz uchun muhim va tom ma’noda tarixiy kun. Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tayotgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning 20-sessiyasida Qoraqalpog‘istonning ikkita betakror madaniy qadriyati – qo‘biz va o‘tov YuNeSKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga rasman kiritilganini iftixor bilan ma’lum qilaman.
Ushbu xalqaro miqyosdagi e’tirof an’analarimizning naqadar teranligi, ma’naviy merosimizning qudrati va avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tasdiqlaydi.

Boy merosimizni asrab-avaylash va targ‘ib etishga hissa qo‘shgan barcha mohir ustalar, tadqiqotchilar, an’analarimiz himoyachilari hamda ixlosmandlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu madaniyatimizga daxldor barchaning g‘alabasidir! Biz esa o‘zligimizni bemisl qiluvchi qadriyatlarimizni ko‘z qorachig‘idek saqlagan holda olg‘a qadam tashlashda davom etamiz», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Mavzuga oid
17:38
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:49 / 02.07.2026
1,4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan guruh fosh etildi
17:16 / 01.07.2026