O‘zbekiston | 17:33 / 14.01.2021
9116
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida auksionga qo‘yilgan yerlar bo‘yicha yangi talab joriy etildi

Keyingi paytlarda auksionga qo‘yilgan yerlar bo‘yicha fuqarolarning noroziligi holatlari uchrayotgani bois, Toshkent shahridagi yerlar sotuv uchun auksionga qo‘yilishidan oldin, masala mahalliy kengash deputatlari sessiyasida ko‘rib chiqiladi va deputatlar tomonidan aholi fikri tinglanadi.

Endilikda auksionga qo‘yilgan yer masalasi Toshkent shahar deputatlari kengashi sessiyasida muhokama uchun qo‘yiladi va jamoatchilik fikri tinglanadi.

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Murod Fayzullayevning aytishicha, Toshkent shahar hokimining taklifiga binoan, shunday shart bilan poytaxtdagi yerlar auksionga chiqarilishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, keyingi paytlarda auksionga qo‘yilgan yerlar bo‘yicha fuqarolarning noroziligi holatlari uchrayotgani bois, bunday holatlarni bartaraf etish maqsadida endilikda deputatlar auksionga qo‘yiladigan yerlar bo‘yicha aholi fikrini bilgach, yer auksionga qo‘yiladi.  Hozirgi kunda Toshkent shahri bo‘yicha 40ta yer auksionga chiqqan, 17tasi yutib olingan va 2ta taklif qaytarib olingan.

Bundan tashqari, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i yerni auksionga qo‘yish va sotib olish tartibi haqida ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, hukumatning tegishli qaroriga asosan yerni auksiondan sotib olish va auksionga qo‘yishning ikki xil tartibi belgilangan.

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Murod Fayzullayev

Senatning 11-yalpi majlisida Toshkent shahri hokimi, senator Jahongir Ortiqxo‘jayev shaharsozlik sohasida poytaxtda yuzaga kelayotgan muammolar haqida gapirgandi.

«Keyingi paytlarda ayrim fuqarolarimiz tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari ko‘payib ketdi. Xususan, Toshkent shahrida yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasida ko‘p qavatli uylar qurish holatlari ortib bormoqda. Bu o‘sha joyda qurilgan ko‘p qavatli uylardagi muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga salbiy ta'sir ko‘rsatib, ayrimlarining quvvati yetmay, ayrimlarida esa turli avariya holatlari kelib chiqmoqda», – degan Ortiqxo‘jayev.

Senatda ma'qullangan yangi tahrirdagi Shaharsozlik kodeksidagi 47-moddaga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydonlariga ikki qavatdan ortiq bino qurish taqiqlanadi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 