«Keyingi paytlarda ayrim fuqarolarimiz tomonidan özboşimçalik bilan quriliş işlarini amalga oşiriş holatlari köpayib ketdi. Xususan, Toşkent şahrida yakka tartibda uy-joy quriş uçun ajratilgan yer uçastkasida köp qavatli uylar quriş holatlari ortib bormoqda. Bu öşa joyda qurilgan köp qavatli uylardagi muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga salbiy ta'sir körsatib, ayrimlarining quvvati yetmay, ayrimlarida esa turli avariya holatlari kelib çiqmoqda.
Masalan, 2020 yilda ötkazilgan xatlovda 100dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy quriş uçun ajratilgan yer uçastkalarida 3 qavatdan baland bölgan uy joylar qurilgani aniqlandi. Uşbu holat şu uylar atrofidagi aholining noroziligi va kommunal sohadagi muammolar ortişiga olib kelmoqda.
Uşbu yangi tahrirdagi kodeksning 47-moddasiga köra, yakka tartibdagi uy-joy quriş uçun ajratilgan yer maydonlariga ikki qavatdan ortiq bino quriş taqiqlanadi», dedi Ortiqxöjayev.
U yangi tahrirdagi Şaharsozlik kodeksidagi boşqa özgarişlar haqida ma'lumot berdi hamda uşbu qonun xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşida muhokama qilinib, ma'qullanganini bildirdi.
Bundan avvalroq Jahongir Ortiqxöjayev aholining uy-joyga bölgan talabini qondiriş maqsadida 2020 yilda Toşkent şahrida jami 8 ming 444ta xonadondan iborat 125ta köp qavatli uylar qurib foydalanişga topşirilgani va bu Toşkentda uy-joy narxi yanada oşib ketmasligini ta'minlayotganini ma'lum qilgan edi.
«Aytmoqçimanki, qurilişni öz vaqtida jadallaştirganimiz uçun şu narxlar bor. Agar qurilişni töxtatib qöysak, Toşkent şahrida «propiska rejimi» bekor qilingani hisobiga ham narxlar keskin oşişi, uylar yetişmovçiligi kuzatiladi. Şuning uçun biz bugun tezda katta-katta loyihalarni qilişga majbur bölmoqdamiz. Uylar qimmatlaşgani sari kamroq daromadli oilalarning uy sotib oliş darajasi keskin kamayib ketadi», degandi hokim.
Eslatib ötamiz, Senat yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining Şaharsozlik kodeksini tasdiqlaş haqida»gi qonun senatorlar tomonidan ma'qullangandi.
















