O‘zbekiston | 18:26 / 09.12.2017
23578
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan fuqarolarni taqdirladi

Foto: President.uz

9 dekabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tgani xabar berilgandi. 

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, anjumanda prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu bayram arafasida agrar sohada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, bu borada o‘ziga xos maktab yaratgan fidoyi fuqarolardan bir guruhini vatanning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanganini e'lon qilib, ularni tantanali ravishda egalariga topshirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlat rahbari tomonidan aytilgan reja va dasturlarni amalga oshirish uchun o‘zlarida kuch va imkoniyatlar, bilim va tajriba yetarli ekanini, yurt ravnaqi yo‘lida g‘ayrat bilan mehnat qilishini ta'kidladilar.

Mavzuga oid