«Qur'oni karim va tajvid» hamda «Arab tili» darslari qayerlarda o‘qitiladi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli diniy ta'lim muassasalarida 2017/18 o‘quv yilining 1 dekabr kunidan boshlab «Qur'oni karim va tajvid» hamda «Arab tili» fanlari bo‘yicha pulli o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshlashi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Idora vakili Kun.uz muxbiriga xabar qilgan.
Vakilning aytishicha, Respublikada faoliyat olib borayotgan 9ta o‘rta maxsus islom bilim yurti hamda 2ta oliy o‘quv yurtida joriy yilning 1 dekabridan ana shunday kurslarda o‘qish boshlanishi kutilmoqda.
«O‘qishda ta'lim olishni istaganlarga qanday talablar qo‘yiladi? Avvalo, kurs tinglovchisi 18 yoshdan oshgan bo‘lishi, voyaga yetgan, muomalaga layoqatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi zarur. Biz ta'lim muassasalarida tashkil etilgan o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan har bir tinglovchiga muassasa muhri bosilgan ma'lumotnoma taqdim qilamiz», deb qo‘shimcha qilgan vakil.
Ta'lim muddati 6 oy davom etishi belgilangan o‘quv kurslarida tahsil olish qiymati 1,500,000 so‘m ekani bildirilgan. Talabgorlar ariza, pasport nusxasi (aslini ko‘rsatgan holda), yashash joyidan ma'lumotnoma hamda 3x4 hajmdagi foto surat bilan quyidagi diniy ta'lim muassasalardan biriga shu yilning 20 noyabr kunidan boshlab 4 kun ichida murojaat etishi mumkin.
1. Toshkent islom instituti - Toshkent shahri;
2. Mir Arab oliy madrasasi - Buxoro viloyati;
3. «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti - Toshkent shahri;
4. Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti - Buxoro viloyati;
5. Xo‘ja Buxoriy o‘rta maxsus islom bilim yurti - Qashqadaryo viloyati;
6. «Hidoya» o‘rta maxsus islom bilim yurti - Namangan viloyati;
7. Sayyid Muhyiddin maxdum o‘rta maxsus islom bilim yurti - Andijon viloyati;
8. Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurti - Xorazm viloyati;
9. Muhammad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurti - Nukus shahri;
10. Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti - Toshkent shahri;
11. «Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti - Buxoro viloyati.
Ma'lumot uchun, tashkil etilayotgan o‘quv kursining har bir guruhida 15 nafardan tinglovchi bo‘ladi, guruhlar adadi to‘rttadan oshirilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Toshkent shahridagi Islom Karimov Xalqaro aeroporti terminalining B8 bo‘limida ibodatlar uchun maxsus xona tashkil qilingandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

14:19 / 05.12.2023
“Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovi g‘olibiga Haj safari yo‘llanmasi berildi

14:33 / 08.07.2023
Shvetsiya hukumati Qur’onni yoqishni taqiqlashi mumkin

13:30 / 05.07.2023
Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi

12:52 / 28.04.2022