Shvetsiya hukumati Qur’onni yoqishni taqiqlashi mumkin
Shvetsiya hukumati Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni oshkora yoqishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yeni Şafak nashrining xabar berishicha, shved hukumati vaziyatni tahlil qilib, qonunga o‘zgartirish kiritish kerak yoki yo‘qligi haqida yakuniy qarorga keladi.

Foto: Deutsche Welle
Mamlakat Adliya vaziri Gunnar Strommerning so‘xlariga ko‘ra, Qurbon hayiti kuni masjid oldida Qur’onning oshkora yoqilishi sababli Shvetsiya terrorchilar hujumining «bosh nishoni»ga aylanib qolgan.
«Biz Shvetsiyada terrorchilik jinoyatini amalga oshirishda gumonlanib hibsga olinganlarni ko‘rdik. Germaniyada ham shu kontekstda Shvetsiyaga qarshi terrorchilik jinoyatlarini tayyorlayotganlikda gumonlanib, hibsga olishlar ro‘y berdi. Shuningdek, biz o‘tgan haftada amalga oshirilgan Qur’onning yoqilishi ichki xavfsizligimiz uchun yangidan yangi tahdidlarni vujudga keltirganiga amin bo‘lmoqdamiz», — degan Strommer.
Qayd etib o‘tish joizki, Shvetsiyada shu kunlarda Qur’on yoqish aksiyasini amalga oshirish uchun yana ikkita ariza topshirilgan.
O‘tgan haftada ro‘y bergan shunday aksiya musulmon olamida katta noroziliklar keltirib chiqargan edi.
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom poytaxt Stokholmda Qur’onning oshkora yoqilishi mamlakat imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Shvetsiyada Qur’onning yoqilishi aksiyasi Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan ham qoralangan.
«Shvetsiyada Qur’onga nisbatan qabih hujum barchamizni g‘azablantirdi. Bu islomofobiya bilan sug‘orilgan, negizi nafrat bo‘lgan jinoyatdir. Erkinlik bunaqa bo‘lmaydi», — degan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
«Biz xalqaro hamjamiyatga har qanday diniy toqatsizlik va nafrat propagandasini aniq taqiqlovchi xalqaro huquqni kechiktirmasdan qo‘llash kerakligini doimo eslatib turishimiz kerak», — degan Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Hussayn Ibrohim Toho.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyov ham «Yer yuzidagi millionlab insonlarning din-u diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», deb Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini keskin qoralagan edi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi
Jahon | 17:15
-
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi
Jahon | 16:43
-
«Kosmos-482» Hind okeaniga quladi - «Roskosmos»
Jahon | 16:26
-
AQSh to‘rt nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilish uchun hibsga oldi
Jahon | 16:18
Mavzuga oid

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

22:40 / 17.04.2025
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi

14:55 / 16.04.2025
Shvetsiya kabellar qasddan uzilgani bo‘yicha hech qanday dalil topmadi

02:18 / 04.04.2025