5-dekabr kuni Özbekistondagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-domlalar örtasida “Yil imomi – 2023» körik tanlovining respublika bosqiçi bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy bosqiçlarda ğoliblikni qölga kiritgan 14 nafar imom-domla bellaşdi.

Musulmonlar idorasining xabar berişiça, iştirokçilar Qur’oni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob bergan. Şuningdek, imomlar mehnat faoliyatlari davomida amalga oşirgan işlari va ijodlarini namoyiş etdi. Qatnaşçilarning çiqişlari hakamlar hay’ati tomonidan mezonlar asosida baholandi.

Tanlov natijalariga köra, quyidagi iştirokçilar sovrinli örinlarga munosib topildi:

1-örin – Toşkent şahridagi “Xolid ibn Valid” jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonovga I darajali diplom va Haj safari yöllanmasi;

2-örin – Andijon viloyatidagi “Mirzaxoliq ota” jome masjidi imom-xatibi Muhammadiyxon domla Hojiyevga II darajali diplom va 15 mln. söm pul mukofoti;

3-örin – Samarqand viloyatidagi “Şayx Xudoydod Vali” jome masjidi imom-xatibi Anvar domla Ahmedovga III darajali diplom va 12 mln. söm pul mukofoti topşirildi.