«Ayni vaqtda biz radikalizm va ekstremizmning har qanday körinişlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik körsatişga mutlaqo qarşimiz. Jumladan, yaqinda Şvetsiyada sodir etilgan, muqaddas Qur’oni karimni yoqib yuborişdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz», - dedi prezidentlikka nomzod.
Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, yer yuzidagi millionlab insonlarning din-u diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yöl qöyib bölmaydi.
Qurbon hayitining ilk kunida Şvetsiya poytaxti Stokholm şahridagi masjidlardan birining oldida kelib çiqişi iroqlik bölgan Salvan Momika Qur’on nusxasiga olov qöygan va uni tepgan edi. Aksilislomiy aksiya ötkazilayotgan çoğda unga politsiyadan qöriqçi ham tayinlangan.














