Özbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmatining xabar berişiça, samarqandlik xattot Abdujalil Ergaşev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozib tugatgan.

Xabarda ma’lum qilinişiça, xattot uç yil davomida Qur’on kitobini 310 varaq, 620 sahifaga arab kufiy xatida yozişga muvaffaq bölgan.

Qayd etilişiça, katta hajmdagi Qur’on kitobi qölbola usulda tayyorlangan Samarqand qoğoziga yozilgan. Uşbu qoğozlar uzoq yillar öz sifatini yöqotmasdan turişi hamda nam tortmasligi va ivimasligi bilan şuhrat qozongan.

Ma’lumot uçun, Qur’onning yirik va eng qadimiy nusxalaridan biri – «Usmon Musfahi» ham Özbekistonda, «Möyi Muborak» madrasasida saqlanadi.