Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng badavlat kishilari boyligi bir kunda 23 mlrd dollarga kamaydi
Boyligi kamayganlar ro‘yxatining yuqori o‘nligidan investor Uorren Baffet ($3,4 mlrd), Facebook rahbari Mark Tsukerberg ($2,6 mlrd), Tesla xo‘jayini Ilon Mask ($1,9 mlrd) o‘rin oldi.
Bernara Arno. Foto: Reuters
Dunyodagi o‘n nafar eng badavlat biznesmendan to‘qqiz nafarining jami boyligi dushanba kuni 22,9 mlrd dollarga kamaydi. Bu real vaqt rejimidagi Forbes Real-Time reytingidan ma'lum bo‘ldi. Bunga sabab esa fond bozorlarining tushishidir.
Louis Vuitton egasi va Yevropaning eng badavlat kishisi Bernar Arnoning boyligi hammanikidan ko‘p - 5,5 mlrd dollarga kamaydi.
Microsoft hammuassisi Bill Geytsning boyligi miqdori 1,7 mlrd dollarga ozaydi.
Amazon bosh direktori, dunyoning eng boy insoni Jyeff Bezos 3,8 mlrd dollar yo‘qotdi.
Boyligi kamayganlar ro‘yxatining yuqori o‘nligidan shuningdek, investor Uorren Baffet ($3,4 mlrd), Facebook rahbari Mark Tsukerberg ($2,6 mlrd), Tesla xo‘jayini Ilon Mask ($1,9 mlrd) o‘rin oldi.
Dushanba kuni boyligi ko‘paygan yagona milliarder Oracle direktorlar kengashi raisi Larri Ellison bo‘ldi. Uning kapitaliga 790 mln dollar qo‘shildi.
Mavzuga oid
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025
Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib 600 mlrd dollarlik boylikka erishdi
18:54 / 23.11.2025
Trampning boyligi sentabr oyidan beri milliard dollarga kamaydi
22:26 / 16.10.2025