Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfon egalarining shaxsiy ma'lumotlarini tarqatadigan asosiy ilovalar ma'lum qilindi
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ilovalarning 80 foizi foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi.
Foto: Imago/TASS
Ekspertlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga faollik bilan tarqatadigan ilovalarni aniqlashdi. Kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanadigan pCloud kompaniyasi bu boradagi hisobotni e'lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, shaxsiy ma'lumotlarni eng ko‘p tarqatadigan ilova Instagram ilovasi bo‘lib, u foydalanuvchilarga tegishli ma'lumotlarning 79 foizini tarqatadi.
Keyingi o‘rinlarda ma'lumotlarning 57 foizini bo‘lishadigan Facebook hamda 42 foiz ma'lumotni boshqalarga uzatadigan YouTube ilovalari turadi.
pCloud mutaxassislarining aniqlashlaricha, ilovalarning 80 foizi foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi.
Kompaniya shuningdek, o‘z foydalanuvchilariga tegishli ma'lumotlarni kamroq tarqatadigan yoki umuman tarqatmaydigan ilovalarni ham ma'lum qilishgan. Bular Skype, Microsoft Teams, Clubhouse, Netflix, Signal va Telegram ilovalaridir.

Mavzuga oid
21:24 / 31.03.2026
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
12:55 / 12.01.2026
Antivirus kompaniyasi millionlab Instagram foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqishini qayd etdi. Instagram rad qildi
18:56 / 02.01.2026