O‘zbekiston | 13:12 / 18.10.2025
10384
2 daqiqa o‘qiladi

“Beo‘xshov” oktyabr davom etadi

Oktyabr o‘rtalaridagi noodatiy issiq kunlar ketidan 18-19 oktyabr kunlari avval shimolga, keyinroq – 19-20 oktyabr kunlari respublikaning boshqa viloyatlariga g‘arbdan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Joriy salqin havo bu safar ham o‘zbekistonliklar kutayotgan kuz yomg‘irlarini olib kelmasligi aniqlashmoqda: afsuski joriy La-Nino yetarlicha quvvatda yog‘ingarchilikni ta’minlab bermaydi.

Dam olish kunlari hududlarga kirib kelishi mumkin bo‘lgan oqim kuchli shamol va ba’zi joylarda chang bo‘ron hodisalarini keltirishi mumkin. 19 oktyabr tonggi muddatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tog‘li va ayrim tog‘ etaklarida havo harorati minimumlari nol darajagacha pasayishi, bu esa ushbu hududlar uchun mavsumdagi ilk yengil qora sovuq hodisalarini taqdim etishi mumkin.

Joriy antitsiklonal jarayonning mintaqaga chuqur ta’sir etishi fonida tog‘larda biroz yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Yog‘inlar qor ko‘rinishida yog‘ishi ehtimoli yuqori.

Tinch okeani markazida La-Ninya hodisasi faol bo‘lishi sabab, joriy kuz-qish mavsumi quruq o‘tishi, hatto tog‘larda kam yog‘ingarchilik bo‘lishi tobora oydinlashmoqda. Keyingi 2026-2027 yil kuz-qish mavsumida El-Nino faollashishi va shu fenomen ortidan mintaqaga namgarchilikka boy qish mavsumi kelishi mumkin.

Mavzuga oid