Jahon | 15:29 / 15.08.2018
5274
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriyada etno-festival - qurultoyda 27 turkiy tilli xalq vakillari ishtirok etishdi

Foto: kurultaj.hu

Mojaristonning (Vengriya) Bugats shahrida rang-barang etnofestival — Turkiy tilli xalqlarning katta VII Qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan tadbirni «Turon-Mojariston» fondi hamda Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlashtirish bo‘yicha agentligi (TIKA) qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi Dailysabah.

Tadbirga taklif etilgan mehmonlar qatorida Vengriya milliy majlisi spikeri Laslo Kever etno-madaniy festival qatnashchilarini hunlarning buyuk imperiyasi yetakchisi — Atillaning izdoshlari deb atagan.

Kever madyarlarni «Sharqning eng g‘arbiy xalqi», deb atagan va uning mamlakati hech qachon qardosh sharqiy xalqlarni unutmasligini ta'kidlab o‘tgan.

Parlament spikeri Turkiy tilli xalqlarning katta qurultoyi 2008 yildan buyon o‘tkazilayotganini ta'kidlab, madyar xalqi tarixini buzib ko‘rsatishga urinayotgan doiralarga o‘ziga xos ramziy murojaat ekanligini ta'kidlab o‘dti. «Vengrlar haqidagi soxta ma'lumotlar va ularning chin ildizlarini yashirishga urinishdan ma'lum bir doiralar asl maqsadi yo‘lida foydalanmoqchi», — dedi Kever.

Vengriyada bo‘lib o‘tgan mazkur festivalda 27ta turkiy tilli xalqlarning vakillari ishtirok etishdi.

Vengrlarning ongida Markaziy Osiyo doimo ota yurt sifatida qadrlab kelingan, asrlar osha madyarlar o‘zining kelib chiqishini aynan mana shu mintaqa bilan bog‘lab keladi, degan spiker.

Bugatsda o‘tkaziladigan qurultoy — teatrlashtirilgan shou-dasturlar, musiqiy chiqishlar, arxeologik-atropologik ko‘rgazmalar, hunarmandlar yarmarkasidan iborat keng qamrovli tadbir hisoblanadi.

Qurultoyning rasmiy sayti o‘zbek tilida ham yuritiladi.

Mavzuga oid