Texnika va texnologiyalar asrida yangilik va özgarişlar bizni hayratda qoldirişda davom etmoqda. Bugunga kelib butun dunyoda keng qöllanayotgan, jahonning barça mintaqalarida foydalanilayotgan qurilmalardan biri bu – dronlardir. Alibaba, Amazon kabi internet savdo maydonlarida uşbu qurilmaning yangi modellarini körib qolamiz. Ammo foydalaniş huquqi-çi?..

Dronlardan foydalaniş masalasi hozirgi kunda dunyo hamjamiyatida qonunçilik bilan tartibga solinayotgan yangi soha hisoblanadi. Avvaliga bu ixtiro öylab topilgandan söng, barçaning diqqat-eʼtibori dron olib uçirişda bölgandi. Köp ötmay, «öyindan öt çiqdi» va köplab davlatlarda ruxsatsiz uçirişga taqiqlar qöyila boşlandi. Bu böyiça ruxsat oliş tartibi turli mamlakatlarda turliça. Jahon tajribasida bir neça tartibga soliş usullari mavjud.

Jahon tajribasi misollarda

Birlaşgan Arab Amirligi

Foto: Hoversurf

Abu-Dabi. Uşbu davlatda turli amirliklarda qonunçilik turliça hisoblanadi. Bu farq uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalanişda ham mavjud. Misol tariqasida, poytaxt Abu-Dabida maxsus ruxsatsiz va savdo litsenziyasiga ega bölmasdan drondan foydalaniş taqiqlanadi. Agar siz köçada ruxsatsiz uçirsangiz va politsiya qöliga tuşsangiz, turistligingizni ham inobatga olişmaydi. Droningizni tortib olişadi, bir neça ming AQŞ dollariga teng jarima solişadi va qamoqqa taşlaşadi.

Dubay. 2018 yil may oyidan boşlab turistlarga dron olib kirişga ruxsat berildi. Ammo, buning uçun majburiy registratsiya belgilandi. Registratsiya mazkur saytda ötkaziladi.

Yana bir yöli ham bor. Vaqtinça foydalaniş uçun ariza va boşqa hujjatlar topşiriş kerak böladi. 2 hafta uçun topşiriş eng ma'qul variant. Registratsiya uçun quyidagilar körsatilişi lozim: pasportning skanerlangan varianti, fotosuratlar, çiptalar, yaşaş joyi, telefon, dron modeli, dron foydalanganda xavfsizlik texnikasi qoidalari böyiça bilimingizni tasdiqlovçi sertifikat (agar bu sertifikat bölmasa, Dubayda maxsus kurslar mavjud, 1-2 soatda örgatib, sertifikat bilan çiqarib yuborişadi).

Germaniya