Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishidan keyin o‘ziga kelmay hayotdan ko‘z yumdi
Foto: Foto: maritzburgunited.co.za
JARning “Maritsburg Yunayted” klubi futbolchisi Luanda Ntsxangase futbol uchrashuvi vaqtida chaqmoq urgandan keyin 2 oy o‘tib shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klub ma'lum qildi.
Voqea 1 mart kuni o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida yuz bergan. 21 yoshli hujumchi chaqmoq urgandan keyin shifoxonaga yetkazilgan va komaga kiritilgan. Chaqmoq, shuningdek, yana ikki boshqa futbolchiga ham tekkan, biroq ular yengil jarohatlar olishgan.
“Biz Luanda, katta salohiyatga ega ajoyib o‘yinchining o‘limidan qattiq qayg‘udamiz. “Maritsburg Yunayted” klubi nomidan Ntsxangasening oilasiga ta'ziya bildiramiz”, deb aytilgan klub raisining bayonotida.
Mavzuga oid
13:57 / 21.12.2025
JARdagi barda otishma. O‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan
10:41 / 28.11.2025
Vashington–Pretoriya mojarosi: Tramp JARni G20 Mayami sammitidan chetlatmoqchi
21:27 / 06.11.2025
JAR prezidenti Ukrainada jang qilayotgan janubiy afrikaliklar Donbassda tuzoqqa tushganini aytdi
21:54 / 31.07.2025