Janubiy Afrika Respublikasi hokimiyati AQŞ prezidenti Donald Trampning uning körsatmasiga binoan JAR Mayamida 2026 yil dekabrda bölib ötadigan «katta yigirmatalik» (G20) sammitiga taklif etilmasligi haqidagi bayonotidan qattiq norozi.
«Janubiy Afrika – suveren, demokratik, konstitutsion davlat bölib, uning a’zolik maqomi va global maydonlarda iştirok etiş huquqiga boşqa mamlakatlar tomonidan berilgan har qanday haqoratli bayonotlarni qabul qilmaydi», – dedi JAR prezidenti Siril Ramafosa 27 noyabr, payşanba kuni.
Uning sözlariga köra, Tramp JAR–AQŞ munosabatlarini yaxşilaş böyiça JARning köplab sa’y-harakatlariga qaramay, «dezinformatsiyaga» tayanib, mamlakatga nisbatan «jazo çoralari» körmoqda, bu esa afsuslanarli hol. JAR prezidenti devoni, şuningdek, 21–22 noyabr kunlari Yohannesburgda ötgan «katta yigirmatalik» sammitiga AQŞ delegatsiyasi kelmagan bölsa-da, «uşbu sammit boşqa G20 davlatlari tomonidan muvaffaqiyatli deb baholanganini va köp tomonlama yondaşuvning ahamiyatini tasdiqlaganini» ta’kidladi.
Bundan avval Oq uy rahbari Yohannesburg sammiti yakunlangaç, Janubiy Afrika Respublikasi AQŞga «yigirmatalik»dagi navbatdagi raislikni ramziy tarzda töğri topşirmagani uçun tanqid qilgan edi. JAR hokimiyati esa, Amerika tomonining yuqori martabali siyosatçilari sammitga kelmagani bois, raislikni AQŞ elçixonasining bir mansabdor şaxsiga topşirganini bildirgan.
26 noyabr kuni AQŞ prezidenti Truth Social platformasidagi blogida şunday yozdi: «Qöşma Ştatlar G20 sammitida Janubiy Afrikada iştirok etmadi, çunki JAR hukumati afrikanerlar va niderland, fransuz, nemislar avlodlariga nisbatan amalga oşirilayotgan dahşatli huquqbuzarliklar muammosini tan olişdan va hal qilişdan boş tortmoqda. Oddiy qilib aytganda, ular oq tanlilarni öldirmoqda va ularning fermalari heç qanday çeklovsiz tortib olinişiga yöl qöymoqda».
Şu sababli, deb davom etdi Tramp, u Mayamidagi «yigirmatalik» uçraşuviga JARni taklif etmaslik töğrisida körsatma bergan. Bundan taşqari, uning sözlariga köra, AQŞ bu mamlakatga nisbatan «barça tölovlar va subsidiyalar»ni töxtatadi.
JAR hokimiyati oq tanli aholi huquqlarini buziş ayblovlarini rad etadi. Prezident Ramafosa mamlakatdagi jinoyatçilik va zöravonlik darajasi juda yuqori ekanini tan oladi, biroq qurbonlarning köpçiligini aslida qora tanli aholi taşkil qilişini ta’kidlaydi.
2024 yil oktyabrida AQŞ ma’muriyati yillik qabul qilinadigan qoçqinlar limitini 125 ming kişidan 7500 nafargaça keskin kamaytirgan holda, bu örinlarning katta qismini JARning oq tanli fuqarolari uçun zaxira qilib qöygan edi. 2025 yil may oyida esa Qöşma Ştatlar ularning ilk guruhini qoçqin sifatida qabul qildi.











