O‘zbekiston | 13:53 / 27.09.2021
3481
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 10 ming ishsiz aholi uchun ixcham issiqxonalar qurib beriladi - Shavkat Mirziyoyev

Namangan viloyatida tomorqalar suv ta'minotini yaxshilash orqali 16 ming aholi bandligi ta'minlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ

“Chortoqda 130 ta kichik quduqlar qaziladi va 4 ming xonadon tomorqasining suv ta'minoti yaxshilanadi. 

Shuningdek, 24,5 ming xonadonda 1 ming gektar uzumzor barpo etiladi va 10 ming nafar ishsiz aholi uchun ixcham issiqxonalar qurib beriladi. 

Aholi xonadonlarida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida, “Tomorqa xizmati” korxonalari soni 57 tadan 80 taga yetkaziladi. Ushbu korxonalar qoshida “O‘quv-maslahat markaz”lari tashkil etilib, aholiga bir yilda 2-3 marta hosil olish bo‘yicha maslahat berib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Chortoq, Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoyda 1 ming 400 gektar maydonda aholi xonadonlariga urug‘ yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiqo‘rg‘on, Pop, Chortoq, Kosonsoy, Chust tumanlarida 10 ta uzumchilik klasteri tashkil etilib, 15 ming gektarda yangi uzumzorlar barpo etiladi va har bir tumanda 1 tadan qayta ishlash korxonasi ishga tushiriladi. Viloyatda qo‘shimcha tashkil qilinadigan 10 ta klaster tomonidan 6 ming gektarda intensiv bog‘ barpo etish orqali meva yetishtirish 3-4 barobarga ko‘paytiriladi.

Shuningdek, 1 ming gektarda limonchilik issiqxonalari tashkil etiladi. Buning uchun, 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga kreditlar ajratiladi. Viloyatda quvvati 27 ming tonna bo‘lgan 3 ta yirik agrologistika markazi va 50 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlaydigan 40 ta kichik korxona ishga tushiriladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid