Jahon | 17:47 / 29.08.2017
6561
2 daqiqa o‘qiladi

Dronlar qurilish, kartografiya va tabiiy ofatlar bilan kurashishda yordam beradi

Foto: etftrack.com

Hukumatning “Iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Davergeodezkadastr qo‘mitasi huzurida “Innovatsiya markazi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish taklif qilinmoqda. U iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish, ularni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, dronlarni qo‘llagan holda xizmat ko‘rsatish, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari va ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

“Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari oldida turgan vazifalarni bajarishni jiddiy osonlashtiradi, yerdan oqilona foydalanmaslikni monitoring qilish, qurilish ishlari, davomli obektlar (temir yo‘llar, quvuro‘tkazgichlar va h.k.)ni amalga oshirishda va favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik imkonini beradi, shaharsozlik ishlari va geoaxborot xaritalarini yaratishni soddalashtiradi”, - deyiladi loyihada.

Qaror kuchga kirgandan keyin (taxminan - 1.10.2017 y.) mamlakatimizga olib kelingan uchuvchisiz uchish apparatlari, mulk huquqidan qat'i nazar, korxonaning vakolatli xodimlari (uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari) tomonidan boshqariladi.

Dronlar (davlat aviatsiyasi uchun xarid qilinganlaridan tashqari) manfaatdor tashkilotlar buyurtmalari asosida korxona bilan kelishilgan holda xarid qilinadi.

Loyiha o‘zgartirilishi, o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Mavzuga oid