O‘zbekiston | 16:19 / 15.08.2025
4987
4 daqiqa o‘qiladi

“Alyaskadan aniq natija kutayotganimiz yo‘q” – xorijiy ekspertlar Toshkentda yig‘ildi

Dunyoning turli davlatlaridan aql markazlari ekspertlari Toshkentda yig‘ildi. Ular Markaziy Osiyoda integratsiya va xavfsizlik aloqalarini muhokama qilmoqda. Kun.uz ekspertlardan Alyaskada bo‘lib o‘tuvchi Tramp-Putin uchrashuvidan nima kutayotgani haqida ham so‘radi. Ko‘pchilik bu muzokara urushni to‘xtatishiga ishonmaydi. Ular o‘zlari kelishib olishsin, deydi O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mintaqa davlatlaridan tashqari, AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Ozarboyjondan kelgan aql markazlari vakillari fikricha, Markaziy Osiyoni tashqaridan bo‘luvchi tahdidlardan – faqatgina birlashuv qutqaradi.

Ukrainada urush boshlanganidan va Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan sanksiyalar qo‘llanganidan beri G‘arbdagi davlatlar, xususan Yevropa va AQSh Xitoydan Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi va Kavkaz orqali Yevropaga yuk tashish yo‘llariga ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Bu G‘arbning Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishini butunlay o‘zgartirib yubordi”, deydi shveysariyalik ekspert Frans Marti.

Oxirgi yillarda Markaziy Osiyo+ formatlari ko‘paydi, deyarli barcha gigant davlatlar bilan mintaqa o‘z dialogiga ega. O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovga ko‘ra, mintaqa davlatlari bunday kuchlar bilan gaplashishga kichkinalik qiladi va umumiy gaplashgan ma’qulroq. Biroq taniqli diplomat Alyaskada o‘tuvchi Tramp-Putin uchrashuvi haqida gapirishni istamadi.

Siyosatshunos Farhod Tolipovga ko‘ra, prezident Trampning Putin bilan ko‘rishishga bu qadar oshiqishi, uni hattoki Amerika hududida qabul qilishi – juda hayratlanarli.

Shveytsariyadan kelgan ekspert Frans Martining aytishicha, Ukraina bo‘lmagan bunday uchrashuvlarni tan olib bo‘lmaydi.

Bu uchrashuvda Ukrainadagi urushni tugatish mumkinligiga ishonmayman, chunki ukrainaliklar muzokarada ishtirok etmayapti va ular o‘zlari qatnashmagan qarorlarni qabul qilmasliklarini aytishgan. Bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam bo‘lishi mumkin, lekin menimcha, bu uchrashuv natijalariga real qarash va u hamma muammolarni bir uchrashuvda, bir kunda hal qilib bo‘ladi, deb o‘ylamaslik kerak”, deydi u.

Rossiyalik professor tadqiqotchi Yana Leksyutinaga ko‘ra, Markaziy Osiyo+ formatlarining taqdiri katta davlatlar pozitsiyalariga ham bog‘liq bo‘ladi.

“Formatning o‘ziga kelsak, menimcha, u muhim va muvaffaqiyatli. Katta ehtimol bilan, u jadal rivojlanadi, lekin, albatta, bu formatlarni rivojlantirayotgan aniq tashqi ishtirokchilarning pozitsiyasiga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi”, deydi Yana Leksyutina.

Fursatdan foydalanib, rus ekspertidan Tramp-Putinning Alyaskadagi uchrashuvi haqida ham so‘radik.

Yana xonim, siz bu uchrashuvdan nimalar kutyapsiz?

— Agar biz hozir sodir bo‘layotgan va ertaga sodir bo‘ladigan voqealarni baholashga harakat qilsak, birinchi navbatda, bunday uchrashuvning ahamiyatini tushunishimiz kerak. Bu, birinchidan, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentlarining shaxsan uchrashuvidir. Bunday uchrashuvlar ancha vaqtdan beri o‘tkazilmayotgan edi. Nazarimda, shaxsan uchrashuv o‘tkazilishi faktining o‘zi va muzokaralar jarayoni davom etayotgani muhim. Muzokaralar jarayoni boshlangan, bir necha raund o‘tdi. Albatta, ertaga yoki undan keyin ko‘radiganimizdek, yuqori darajadagi bevosita natijalarni kutmasa ham bo‘ladi. Ammo jarayon davom etayotgani muhim va biz uning davom etib, kutilgan natijaga olib kelishiga umid qilamiz, dedi rossiyalik ekspert.

Shohrux Majidzoda tayyorladi.

Mavzuga oid