Jamiyat | 09:00 / 06.06.2018
40795
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi telekanalni ochish taklifi berildi

Foto: Dreamstime

Mening fikrim veb-portalida “Ta'lim” telekanalini ochish haqida murojaat paydo bo‘ldi.

Har bir rivojlangan davlat yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga, ularni barkamol avlod etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratgan. 

«Bugun mamlakatimizda yoshlarga ana shunday e'tibor berilmoqda. Barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun yoshlarning ta'lim jarayonidagi muammolarini o‘rganish, ularning yutuqlarini ommalashtirish, yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta'lim va fan sohasiga oid telekanal tashkil etish kerak», - deyiladi murojaat matnida.

Qayd etilishicha, telekanal o‘z faoliyatida onlayn (video) darslar, televiktorina va tanlovlar, aql charxi, ilm-fan yutuqlari, yangi ixtirolar, noyob iqtidorli yoshlar, kuzatuvlar va ilmiy tadqiqotlar, buyuk allomalar va Nobel mukofoti sovrindorlari hayoti, ta'lim tizimidagi yutuq va kamchiliklar haqida ko‘rsatuvlar tayyorlaydi.

Mavzuga oid