«U menga çiroyli muomala qilmadi» - Urgutda IIB xodimining nohaq harakati fermerning hosilini kuydirdi
|16:17 / 23.06.202050 89512 min
Tahririyatga yurtdoşlarimizdan içki işlar xodimlari avtomobilini noqonuniy tarzda jarima maydonçasiga kiritib qöygani haqidagi murojaatlar kelib tuşmoqda.
Şunday murojatlardan biri Samarqand viloyati Urgut tumani «Jartepa» agrofirmasiga qaraşli «Otayorxon yashil xazinasi» fermer xöjaligi rahbari Otamurod Pölatov tomonidan yöllangan.
Murojaatda ma'lum qilinişiça, O.Pölatov şu yil faoliyatini boşlagan yangi fermer. Unga tumandagi «Jartepa» agrofirmasi hududidan 10 gektar yer ğallaçilik-sabzavotçilik yönalişi böyiça ajratib berilgan. Yer maydoni uning yaşaş manzilidan 20 km uzoqlikda joylaşgan.
Otamurod Pölatovga ajratib berilgan paytda yer böş turgan bölgan va fermer kuzgi buğdoy ekiş mavsumi boşlangunça unda sabzavot yetiştiriş uçun piyoz ekkan. 31 may kuni fermer dalada piyoz ekayotgan işçilariga tuşlik olib boriş uçun uyiga kelgan va tuşlik bilan birga dalasining suv çiqmaydigan qismini suğoriş uçun nasosni maşinasiga yuklab, yölga çiqqan. Mahallasida uni içki işlar xodimlari töxtatib hujjatlarini söragan.
Otamurod Pölatovdan avtomobil boşqarişga tegişli hujjatlarini olgan içki işlar xodimi unga «Nega karantin qoidalarini buzib yuribsiz?» degan. Fermer dalada işlayotgan işçilariga tuşlik va suv nasosi olib ketayotganini aytgan. Xodim yonidagi şerigiga fermerning maşinasini olib borib jarima maydoniga tiqişni buyurgan.
Fermer unga suv nasosi va fermerlik hujjatlarini körsatgan, ammo içki işlar xodimi uning hujjatlariga qaramay karantin qoidalarini buziş böyiça ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiriş uçun Otamurod Pölatov va uning maşinasini Urgut tumanidagi 2-sonli IIB XPBga olib borgan.
Murojatni örganiş jarayonida avval fermer Otamurod Pölatov bilan uçraşdik. Uning aytişiça, öşa kuni yölda töxtatgan içki işlar xodimi özini taniştirmagan: «Içki işlar xodimi (YPX xodimi emas!) yonidagi şerigiga «Buni maşinasini olib borib tiq», deganida men unga «Prezidentimiz fermerlarga tegma» degan-ku?!» dedim. Bu gapim içki işlar xodimini quyuşqondan çiqardi, «Televizorda senlarga boşqaça gap gapiriladi, kattalar menga boşqaça buyruq beradi», deb javob berdi.
Öşa xodimning yonidagi şerigi «Örtoq boşliq, maşina yukxonasida suv nasosi bor, qölida fermerlik hujjatlari turibdi, maşinasida tuşlik ham bor ekan, u aldamayapti, qöyib yuboraylik», deganida «örtoq boşliq» yordamçisiga «Bu mahmadonaning (fermerni) özini ham oborib tiqiş kerak», deb javob berdi.
Şundan söng maşinamni xalq tilida «Öramas POM» deb ataladigan Urgut tuman IIO FMB 2-son IIB XPBga olib kelişdi. Bu yerda meni töxtatgan xodim ana şu 2-sonli IIB XPB boşliği Sanjar Hazratov ekanini bildim.
Mavzuga oid
Bölimga kelganimizdan söng maşinamni bölimgaça boşqarib kelgan xodim «Bu aka fermer ekan, men bu odamning maşinasini hujjatlaştirmayman», deb ma'muriy bayonnoma yozişdan boş tortdi. Şunda Sanjar Hazratov öşa xodimni urişib berdi va bayonnomani boşqa xodimga yozdirdi. Şu tariqa, maşinam jarima maydoniga joylaştirildi. Suv nasos hali ham maşina yukxonasida turibdi», deydi Otamurod Pölatov.
Fermerning aytişiça, şundan söng u umuman uyidan çiqa olmagan. Bir neça marta maşinasi bor tanişlariga dalasiga borib piyoz ekilgan dalani suğorib keliş uçun iltimos qilgan, ammo karantin sabab heç kim rozi bölmagan. «Bir neça kun ötib dalamga borsam, yangi ekilgan piyozlarning bir qismi nobud bölgan...», deydi fermer.
Şundan söng hodisa yuzasidan izoh oliş uçun Urgut tuman IIO FMBga bordik. U yerda bizni Sanjar Hazratovning oldiga, 2-sonli IIB HPBga jönatişdi. Sanjar Hazratovni topib, uni fermer bilan yuzlaştirdik.
2-sonli IIB HPB boşliği haqiqatan fermerning maşinasini karantin qoidalarini buzgani uçun hujjatlaştirib, topşirib yuborganini tan oldi. Uning tuşuntirişiça, karantin paytida köça-köyda bekor yurgan ayrim fuqarolar ham turli sabablarni bahona qilişga urinişadi. U ayniqsa, qişloq joylarida «fermerman», deb bahona qiladigan köpligi haqida gapirdi.
Ammo öşanda Otamurod Pölatovning fermer yoki fermer emasligini aniqlab, söng unga çora körişning iloji bor edi-ku?! Sanjar Hazratov esa buni aslo istamagan körinadi. Undan Otamurod Pölatovning maşinasi yukxonasida suv nasosi borligini körgan-körmaganini söradik. U suv nasosni körganini, lekin bu heç narsani anglatmasligini (!) aytdi.
Uning sözlariga köra, faqat pilla boqiş uçun tut bargi ortib ketayotgan turli texnikalar va qişloq xöjaligi mahsulotlarini ortib yurgan yuk maşinalariga indaşmagan. Qolganlarga çora körişgan. Sanjar Hazratovning qöşimça qilişiça, Otamurod Pölatov unga yaxşi muomalada bölmagan.
«Rahbarlar buyruq bergani bilan biz ham inson omilini va vaziyatni inobatga olib iş tutamiz. Öşa kuni bu fuqaro çiroyli muomala qilganida, men uning maşinasini jarima maydonçasiga tiqmasdim», dedi 2-sonli IIB HPB boşliği.
Endi bu nima degani?! Bu bilan içki işlar organi xodimi fermerligini bila turib ham haqini talab qilgani uçun ataylab qildim demoqçi böldimi?
(Sanjar Hazratov bilan suhbat audioyozuvi tahririyatda bor)
Qisqasi, fermerning «Prezidentimiz fermerlarga tegma degan-ku?!» — deb, içki işlar xodimidan özini taniştirişni söraganim uni darğazab qilib yubordi», degan gapi bilan Sanjar Hazratovning «U menga yaxşi muomala qilmadi, agar çiroyli muomala qilganida maşinasini jarima maydoniga olib borib tiqmasdim», degan gaplari bir-biriga mos kelyapti va murojaat mazmuni tasdiqlanmoqda.
Fermerning dalasiga ham bordik. U keça, bugun piyozini suğorayotgan ekan. Ammo ekilgan piyoz köçatlarning ança qismi suvsizlikdan nobud bölgan va fermerning ekini ança zarar körgan. Uning aytişiça, maşinasi yukxonasida turgan suv nasosini kuniga 100 ming sömdan ijaraga olgan va 31 maydan buyoğiga hisob ketyapti.
Fermerning dalasini közdan keçirayotganimizda, u piyozlari yaşnab turgan qöşni fermerning dalasini körsatdi. Ma'lum bölişiça, Otamurod Pölatovning dalasidagi piyoz bilan qöşni daladagi piyoz bir kunda ekilgan. Qöşni dalada hamma işlar öz vaqtida bajarilgani uçun piyoz bexato köklagan va avjida ösyapti. Otamurod Pölatovning dalasida esa holat juda ayançli körinişga kelib qolgan.
Fermerga «Piyoz qurib qolgan joylarda qayta eksa bölmaydimi?», deb savol berganimizda, u buyoğiga ekilgan piyoz kuzga borib yaxşi pişmay qolişini, qolaversa maşinasi hanuz jarima maydonida turgani uçun endi heç narsa qila olmasligini aytdi.
Fermerning aytişiça, u maşinasi jarima maydoniga joylaştirilgan 31 may kuni viloyat hokimining telegram messenjeriga yozma ravişda murojaat qilgan, şuningdek, 1 iyun kuni Boş prokuraturaning 1007 işonç raqamiga qönğiroq qilib, muammoni hal qilib berişni söragan. Boş prokuratura işonç raqamiga qilingan murojaatga 6 iyun sanasi bilan, viloyat hokimi telegram messenjeriga yöllangan murojaatga esa 16 iyun kuni Urgut tuman IIO FMB boşliği podpolkovnik O.Jalilov nomidan javob xatlari yuborilgan.
Boş prokuraturaga qilingan murojaatga 6 iyunda berilgan javob xatida IIOFMB boşliği podpolkovnik O.A.Jalilov maşinani YHXB va SEOM xodimlari töxtatib ma'muriy bayonnoma tuzilganini ta'kidlagan, oradan 10 kun ötib viloyat hokimi telegram messenjeriga qilingan murojaatga javob xatida xuddi şu inson IIOFMB 2-sonli IIB HPB xodimlari tomonidan töxtatilib, ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, söng Samarqand viloyat Davlat Sanitariya epidemiologiya boşqarmasiga yuborilgani ma'lum qilingan.
Endi qarang, IIB HPB boşliği Sanjar Hazratov YPX xodimi emas, uning avtomaşinalarni töxtatişga, rasmiylaştirişga aslo haqqi yöq. Holbuki, fermerni töxtatişganda na GAI, na SES xodimi bölgan. Fermerni POM boşliği töxtatib, «stoyanka» qilgan. Endi esa fermerga qarata «borib dardingni «SES»ga ayt», deyilmoqda.
Endi öylab köring: fermerga dalasiga boriş uçun uydan çiqiş mumkin bölmasa, unda xalqni kim boqadi? Yoki içki işlar organlari 34 million aholini boqsa böladigan oziq-ovqat zaxirasiga egamikin?
Qolaversa, bu yil hukumat tomonidan qişloq xöjaligiga katta e'tibor bölyapti va joylarda yerlardan maksimal darajada unumli foydalaniş haqida topşiriqlar berilyapti.
Fermerligi aniq bölgan odamning maşinasini jarima maydonçasiga tiqayotgan içki işlar xodimlari şu jihatlarni öylab körişganda, zarar qilmasdi.
Endi Otamurod Pölatovning muammosiga kelsak, uni ham tuman markazida yoki kasallik aniqlangan mahallada emas, balki öz mahallasida töxtatişgan. Qolaversa, uni töxtatgan xodim «Menga yaxşi muomalada bölmadi», degan bahona bilan fermerning hujjatlariga ham, vajlariga ham qaramagan.
Oqibatda fermer yaxşigina zarar qildi, u iş bilan ta'minlaşi kerak bölgan odamlar işsiz qoldi. Birgina öylamasdan qilingan nohaq harakat ortidan bir qança oilaning qora qozoni qaynaşdan töxtab qolgan. Qisqasi, «birniki mingga, mingniki tumanga» urdi.
Bu yerda eng adolatli yöl — Sanjar Hazratov tomonidan oylik maoşi hisobidan fermer körgan barça zararlarni qoplatiş, uning özini esa içki işlar tizimidan böşatiş bölardi.
Eng qiziği, öz xodimini himoya qiliş uçun Urgut tuman IIOFMB boşliği boş prokuraturaga boşqaça, viloyat hokimligiga boşqaça ma'lumot bermoqda. Aynan mana şu işi uçun ham IIOFMB boşliği yetkazilgan zarar va noqulaylik uçun fermerdan rasman uzr sörab çiqib, viloyat SEOM markaziga avtomaşina notöğri rasmiylaştirilganini aytib, xat yöllaşi kerak edi. Har qanday normal davlatda aynan mana şunday yöl tutilgan bölardi.
Biroq, bu voqeadan keyin Urgutda adolat borligiga işoniş qiyin bölmoqda. Tumandagi içki işlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarni xaspöşlaşga uriniş bor, xolos.
Xullas, jarima bekor qilinmayapti, yetkazilgan zararni Sanjar Hazratov tölab bermayapti, unga biror çora ham körilmayapti, boşliq ham uzr söramayapti.
Bu yerda kuygan faqat dehqon bölmoqda.
Şuhrat Şokirjonov,
Ğayrat Yöldoş
P.S. Darvoqe, bugun Otamurod Pölatov tahririyat bilan qayta boğlanib, avtomaşinasini jarima maydonidan olib çiqqanini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, sanitariya-epidemiologiya nazorati idorasi tomonidan unga nisbatan asossiz ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgani aytilib, maşinasi jarima maydonidan çiqarib yuborilgan.
Şunga qaramay, fermer maşinasi uşlab turilgan davr uçun jarima maydonçasiga 330 ming söm tölov qilişga majbur bölgan. Endi u maşinasi asossiz jarima maydoniga qöyilgani bois ekinlari qurib qolişi ortidan körgan moddiy zararni 2-sonli IIB XPB boşliği Sanjar Hazratovdan undiriş böyiça ma'muriy sudga da'vo arizasi kiritişga hozirlanayotganini ma'lum qildi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi