Jamiyat | 12:25 / 23.01.2017
13833
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik nafaqaxo‘r 8,5 ming dona gugurt cho‘pidan mitti masjid yasadi

Turkiyaning g‘arbiy Aydin shahrida istiqomat qiluvchi 69 yashar nafaqaxo‘r 8 ming 500 dona gugurt cho‘pidan mitti masjid yasashning uddasidan chiqdi. 

Aydin shahrining Injirliova tumanilik Hasan Efening so‘zlariga ko‘ra, 4 minorasi bor mitti masjidni barpo qilish uchun 3 oy vaqt sarflagan. 

26 yil mobaynida taksichilik bilan shug‘ullangan Efe nafaqaga chiqishdan avval ham keyin ham sevimli mashg‘uloti sifatida gugurt cho‘plaridan portretlar, turli inshoot modellari, shu jumladan, yog‘ochdan Qur'on jildlari yasash bilan shug‘ullanib kelgan. 

Uning aytishicha, 4 minorali masjid loyihalari orasida eng yaxshisi bo‘lib, uni yasash uchun juda ko‘p vaqti ketgan. 

Efe Fotima Kelin Masjidi deb nomlagan mitta masjid uchun 8,5 ming gugurt donasidan tashqari ikki idish yelim ham ishlatgan.

Efening uqdirishicha, u hech qachon qo‘lbola buyumlarini sotmaydi, aksincha hadya qiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid