O‘zbekiston | 00:14 / 02.02.2020
29221
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda inflatsiya darajasi pasaya boshladi

Yanvar oyida O‘zbekistonda inflatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etdi, deb ma'lum qildi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov.

Taqqoslash uchun, 2019 yil xuddi shu davrda inflatsiya 1,5 foiz, 2018 yil yanvarida 2,7 foiz, 2017 yil ilk oyida esa 1,5% bo‘lgan.

«Inflatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz faqatgina inflatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘ryapmiz xolos.

Inflatsiyaga ta'sir etuvchi bir nechta nomonetar omillar hali ham neytralizatsiya qilinmagan. Ishlashimiz kerak, asosiysi - inflatsiyani o‘tgan yilgiga nisbatan pasaytirish ehtimoli anchagina yuqori», – deb yozdi Qo‘chqorov Twitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yildan Markaziy bank inflyatsion targetlash rejimida ishlamoqda. Bu rejimda MBning barcha sa'y-harakatlari va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishdagi barcha qadamlar inflatsiyani pasaytirishga qaratiladi.

Joriy yil uchun target 12 foizgacha etib belgilangan. Shu bilan birga, regulyator inflatsiyaning bazaviy prognozini 12-13,5 foiz darajasida belgilagan.

Mamlakatda inflatsiya darajasi 2021 yilda bir xonali songa tushishi, 2023 yilga borib esa 5 foizlik targetga erishilishi kutilmoqda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid