O‘zbekiston | 20:51 / 25.01.2020
65506
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda maoshlar inflatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi – Prezident

2020 yil davomida budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida aytib o‘tdi.

Davlat rahbarining ma'lum qilishicha, fuqarolar pensiyaga chiqishi uchun faqat pasporti bilan borib, murojaat qilishi kifoya bo‘ladigan tizim yaratiladi. Buning uchun davlat arxivi tizimi elektron shaklga o‘tkazilishi kerak.

Prezident nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqib, ularni belgilashda ochiq va adolatli tizim yaratish zarurligini ham qayd etdi.

«Nafaqa tayinlashda mahallaning ishtirokini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim. Umuman olganda, aholi ijtimoiy nafaqa bo‘yicha bitta idoraga murojaat qilganidan keyin o‘sha idoraning o‘zi bir kunda hamma hujjatlarni tayyorlab, masalaning yechimini topishi kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid