O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha uchta davlat bilan muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining JST bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Amirbek Muhamedov ma’lum qildi.

“JSTga a’zo bo‘lish – juda ham uzoq va qiyin jarayon. Tashkilotga hamma a’zo davlatlarning roziligi olinganidan keyin qo‘shilish mumkin. 164ta davlatning hammasi bilan muzokara olib bormasak-da, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibiga jami 47 ta davlat kirgan.

JSTga qo‘shilishning aniq sanasini aytish qiyin, chunki bu muzokaralar ikki tomonlama bo‘lib, chet el tomoniga ham bog‘liq. Masalan, tashkilotga kirish uchun Qozog‘istonga 13 yil, Rossiyaga 10 yil kerak bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekistonning umumiy savdo tizimi bo‘yicha muhokamalar ketyapti. Oltinchi yig‘ilish mart oyida o‘tkazilgandi. Ushbu yig‘ilish yakunlari bo‘yicha bizga yuklatiladigan majburiyatlar endi kelib tushadi”, – dedi Muhamedov 31 mart kungi matbuot anjumanida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 47 ta davlatning barchasi tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar olib borish istagini bildirgan. Hozirda 31 davlat bilan muzokaralar olib borilmoqda.

“Ulardan uchta davlat bilan muzokaralarni yakunladik yoki yakunlash bosqichidamiz, deb aytishimiz mumkin – bu Gruziya, biz hozir Mo‘g‘uliston va Turkiya bilan yakuniy bosqichdamiz”, – dedi u.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil yakunlari bo‘yicha parlamentga qilgan murojaatnomasida 2023 yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralar oxiriga yetkazilishi kutilayotganini aytib o‘tgandi.

Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev raisligida JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning yanvar oyidagi yig‘ilishida ham tashkilotga a’zo bo‘lishga oid barcha asosiy muzokaralarni 2023 yil oxirigacha yakunlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangandi.

JST haqida

Jahon savdo tashkiloti – xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo va siyosiy munosabatlarni tartibga solish bilan shug‘ullanadigan hukumatlararo tashkilot bo‘lib, 1995 yil 1 yanvarda imzolangan kelishuv asosida