Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
Rossiya, Xitoy va AQSh yadroviy bombalar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi, biroq ular «dunyoni 300 marta portlatish imkoniyatiga ega bo‘lmaslik» uchun yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha kelishuv tuzishi kerak, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp G7 matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh eng ko‘p yadroviy kallaklarga ega, ammo Rossiya «uncha ortda qolmayapti», undan keyin Xitoy uchinchi o‘rinda, «lekin besh yil ichida ular, ehtimol, tenglashadi».
«Bularning bizga keragi yo‘q. Biz butun dunyoni 300 marta ketma-ket portlatishimiz shart emas. Bu dahshat. Agar yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha kelishuvga erisha olsak, buni juda xohlardim. Va bu ikkisidan biri [Rossiya yoki Xitoy rahbarlari] bunga juda tayyor», dedi Tramp.
May oyi o‘rtalarida Xitoyga tashrifidan so‘ng Tramp Xitoy raisi Si Jinping bilan yadrosizlanish masalasini muhokama qilganini va «ijobiy» munosabat olganini aytdi. Shu bilan birga, u qurolsizlanish bo‘yicha muzokaralarga Rossiyani ham jalb qilishni xohlashini ta’kidladi.
«Denuklearizatsiya. Men bu haqda Rossiya va Xitoy bilan doimo gaplashaman. Va bu mavzu endi paydo bo‘ldi - biz uni muhokama qildik», dedi respublikachi.
2025 yil noyabr oyida Tramp uch davlat «yadroviy qurolsizlanish rejasi»ni tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi, ammo tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026