O‘zbekiston | 12:20 / 27.07.2020
8483
2 daqiqa o‘qiladi

Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 17-2-modda bilan to‘ldiriladi.

Unda Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari orqali qayd etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma'muriy javobgarligi ko‘zda tutilgan.

Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar qayd etilgan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning mansabdor shaxsi tortiladi.

Axborot tizimlari orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi.

164-modda (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) yettinchi qism bilan to‘ldiriladi

Unga ko‘ra, tovarlar narxini hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lash shakliga qarab ularni sun'iy ravishda oshirish yoki pasaytirish – bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solinadi.

168-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“168-modda. Bozorlarda savdo qilish hamda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarini buzish

Bozorlarda savdo qilish hamda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarini buzish – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga o‘n baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid